Palinya «Aston Villa»ga o'tishi mumkin
«Bavariya» yarim himoyachisi Joau Palinha faoliyatini «Aston Villa»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «Aston Villa» 31 yoshli portugaliyalik futbolchi transferini tezroq hal qilib, «Nyukasl»dan oldinroq harakat qilishga intilmoqda.
«Bavariya» rahbariyati Palinhaga yangi mavsum rejalarida uning o'rni yo'qligini ma'lum qilgan. Birmingem klubi futbolchini ijaraga olish va keyinchalik sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishni istamoqda. Biroq Germaniya grandi Palinhani faqat to'liq transfer asosida sotish tarafdori.
Ayni paytda «Aston Villa»ning Palinhani qo'lga kiritish imkoniyati «Nyukasl»nikiga qaraganda yuqoriroq ekani ta'kidlangan.
Portugaliyalik xavbek o'tgan mavsumni «Tottenham»da ijarada o'tkazdi. U barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.