locale OZ

Paketa «West Ham»ni tark etishini e'lon qildi

U yozgi transfer vaqtida klubini o'zgartirishi kutilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Paketa «West Ham»ni tark etishini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

Lukas Paketa "West Ham" klubidagi so'nggi mavsumi ekanini aytib o'tdi.

Braziliyalik futbolchi kelishilgan o'yinlar bo'yicha oqlanganidan so'ng yana yorqin o'yin ko'rsata boshladi. U klub safida 3 ta o'yinda 2 ta gol urdi va Braziliya terma jamoasi safida Chili darvozasiga gol kiritdi.

"Gap seni qabul qilgan va qoralamagan, so'nggi daqiqagacha senga ishonib, sevgan va o'zini uyidagidek his qilishga majbur qilganlarni tanlash haqida ketmoqda. Hali xayrlashish vaqti emas! Yana bir mavsumni birga o'tkazamiz!" - deb yozdi futbolchi.

Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, Paketa ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin kelgan. 28 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Aston Villa" klubi qiziqish bildirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting