Ozodbek Rajabov — «Guliston» futbolchisi
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Ozodbek Rajabov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
photo: Guliston FK
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Ozodbek Rajabov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
24 yoshli markaziy himoyachi faoliyati davomida ko‘plab jamoalarda o‘ynagan. Yangi mavsumda jamoamiz mudofaa chizig‘ini yanada mustahkamlashga tayyor.
Ozodbek Rajabovning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 14.01.2002
Ampluasi: Markaziy himoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Nasaf» (2019), «Zomin» (2020), «Sho‘rtan» (2020), «Xorazm» (2022), «Orol» (2023), «Nasaf-Farm» (2024), «Kattaqo‘rg‘on» (2025).
Ishonamizki, Rajabov «Guliston» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor