O‘zbekistonning Kongoga qarshi o‘yiniga hakamlar tayinlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsini germaniyalik hakamlar boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan Kongo DR va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi. Mazkur bellashuvni germaniyalik FIFA hakami Feliks Svayer boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.
Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida ispaniyalik Alexandro Ernandes hamda Diyego Sanches faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kongo DRga qarshi bahsi joriy yilning 28 iyun kuni Atlantadagi “Atlanta Stadium”da bo‘lib o‘tadi.