locale OZ

O‘zbekistonning 17 klubi OFK litsenziyasini oldi, biroq barchasi Superligaga chiqolmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

OFK 2025/26 yilgi mavsum uchun klub litsenziyasini olgan jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan quyidagi 17 klub litsenziyani qo‘lga kiritdi: OKMK, “Andijon”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Mash’al”, “Nasaf”, “Xorazm”, “Qo‘qon-1912”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “So‘g‘diyona”, “Qizilqum”, “Sho‘rtan” va “Surxon”.

OFK qoidalariga ko‘ra, litsenziyaga ega bo‘lmagan jamoalar 2026 yilgi Superliga mavsumida ishtirok eta olmaydi.

Pro Liga klublaridan esa faqat “Lokomotiv” OFK litsenziyasini olgan. Shu bois, ushbu mavsumda aynan “temiryo‘lchilar” Superligaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Aral” litsenziya ololmagani sabab, undan pastroq o‘rinda joylashgan “Xorazm” Superligaga yo‘l olgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting