O‘zbekistonni Urugvayga qarshi o‘yinga Cannavaro olib borishi mumkin – manba
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) italiyalik mutaxassis Fabio Cannavaro bilan rasmiy muzokaralarni davom ettirmoqda.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga yaqin.
“Fabio Cannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan faol muzokaralar olib bormoqda va u 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida milliy jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkin. Uning murabbiylar shtabida yordamchi sifatida Chichcho Troiz, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha esa Eugenio Albarella ishlashi rejalashtirilmoqda. Cannavaro uchun ilk sinov 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘yin bo‘lishi taxmin qilinmoqda”, deb yozadi Nikolo Skira.
Ma’lumot uchun, Fabio Cannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan.
