locale OZ

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin 1/8 finalga chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: tennis.uz Sergey Fomin

Turkiyaning Antaliya shahrida 15.000$ sovrinli tennis turniri o‘tkazilmoqda, unda o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda.

27 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da o‘zbekistonlik sportchi, jahon reytingida 543-o‘rinni egallagan Sergey Fomin, jahon reytingida 643-o‘rinda turgan ispaniyalik A. Mansanera Pertus bilan bellashdi. Uchrashuv 3:6, 6:2, 6:3 hisobida Sergey Fomin foydasiga yakunlandi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi keyingi bosqichga o‘tdi va u yerda italiyalik tennischi Gabriele Piraino bilan uchrashadi.

Juftliklar bahsida o‘zbekistonlik va rossiyalik o‘yinchilar chorak finalga chiqib, Chexiya va Shveytsariya vakillari bilan kuch sinashadilar.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting