Oʻzbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida shohsupaga koʻtarildi
FOTO: Olympic.uz
Oʻtgan hafta yakunida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari oʻtkazildi.
Dunyoning turli mamlakatlari mezbonlik qilgan musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
Jumladan, Tbilisida oʻtgan sablya boʻyicha qizlar oʻrtasidagi jamoaviy musobaqada Oʻzbekistonlik sportchilar kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Misr mezbonlik qilgan shpaga bellashuvlarida esa Sanam Nazarova yakkalik dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist