locale OZ

O‘zbekistonlik muxlislar va jurnalistlar BAAda pasport nazoratidan qariyb olti soat o‘tolmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik sport jurnalistlari va futbol muxlislari BAAga yetib keldi. Bu haqda bir qator jurnalistlar xabar berdi. Sharja aeroportida 100 ga yaqin o‘zbekistonlik muxlis va OAV vakillari qariyb olti soat davomida pasport nazoratidan o‘ta olmay, to‘sib qo‘yildi. Ular soat 06:05 da qo‘ngan bo‘lsa-da, pasport nazoratidan o‘tish deyarli tush vaqtigacha cho‘zildi.

Vaziyatga O‘zbekistonning BAAdagi konsuli aralashganidan so‘nggina fuqarolarimizga kirishga ruxsat berildi.

Aytish joizki, BAA tomoni o‘zbekistonlik muxlislar uchun o‘yinga borishda turli to‘siqlar yaratayotgani kuzatilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting