O‘zbekistonlik murabbiy Qirg‘iziston klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘tgan mavsumda u “Navbahor” akademiyasida ishlagan.
ФОТО: Getty images
Qo‘chqor-Ota shahrining “Neftchi” futbol klubi yangi bosh murabbiyni rasman tanishtirdi. 2026-yildan boshlab jamoani o‘zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An boshqaradi.
51 yoshli Dmitriy An uzoq yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” klubida faoliyat olib borgan. O‘tgan mavsumda esa “Navbahor” akademiyasida ishlagan.
Dmitriy Anga assistent sifatida yana bir o‘zbekistonlik mutaxassis — Timur Babaxanov yordam beradi.
O‘tgan mavsumda “Neftchi” Qirg‘iziston Premyer-ligasida 9-o‘rinni egalladi. Avvaliga jamoani o‘zbekistonlik futbol muxlislariga tanish bo‘lgan Aleksandr Mochinov boshqargan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist