locale OZ

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatining birinchi kunini to‘rtta medal bilan boshladilar

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatining birinchi kunini to‘rtta medal bilan boshladilar
Rasm: Olympic.uz J.Berdimuratov

Iordaniyada 25-mart kuni kurash bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqa 30-martgacha davom etadi. Chempionatning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Birinchi kunni yunon-rim kurashchilari boshlab berdilar.

Eng yuqori - oltin medallarga Aytjan Xalmaxanov (-63 kg), Aram Vardanyan (-77 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) sazovor bo‘ldilar. (-55 kg) vazn toifasida Ixtiyor Botirov bronza medalini qo‘lga kiritdi. 26-mart kuni musobaqalar yana 5 ta vazn toifasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik sportchilarning bellashuv jadvali:
-60 kg: Alisher G‘aniyev - Ali Abdunasir (Iordaniya) / Ziyue Si (Xitoy)
-67 kg: Nozimjon Boyqo‘ziyev - Muntir Jandu (Saudiya Arabistoni)
-72 kg: Abdullo Aliyev - Begmurat Nobatov (Turkmaniston) / Ahmad Barahman (Saudiya Arabistoni)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov - Muhammad Nagousi (Eron)
-97 kg: Behruz Barnoyev - Ibrohim Fallatah (Saudiya Arabistoni)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting