locale OZ

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 6 ta medal qo‘lga kiritishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 6 ta medal qo‘lga kiritishdi
Rasm: yuz.uz Abdullo Aliyev

25-30-mart kunlari Ammanda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqalar yunon-rum, ayollar va erkin kurash bo‘yicha tashkil etilgan.
25-26-mart kunlari yunon-rum uslubidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi va ikki kunlik natijalar bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi olti medal jamg‘ardi.

Musobaqaning ikkinchi kuni, 26-mart kuni -60 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Alisher G‘aniev final bellashuvini koreyalik Se Ung Riga qarshi o‘tkazdi va 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
-72 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Abdullo Aliyev eronlik Seyid Shamsolloh Suhrobiyni yengishga muvaffaq bo‘lmadi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobiga yana ikkita kumush medal qo‘shildi.

Birinchi kungi medallar (25-mart): Aytjan Xalmaxanov (-63 kg), Aram Vardanyan (-77 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi, Ixtiyor Botirov (-55 kg) esa terma jamoa hisobiga bronza medali keltirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting