locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar OFK chaqiruv ligasi yarim final bahsini boshqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekistonlik hakamlar OFK chaqiruv ligasi yarim final bahsini boshqaradi
FOTO: UzbekistanFA

Joriy yilning 10-aprel kuni OFK chaqiruv ligasi (AFC Challenge League) 2024/25-yilgi mavsumining yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Kambodjaning “Svay Rieng” jamoasi Indoneziyaning “Madura Yunayted” klubiga qarshi maydonga tushadi.

O'FA matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ushbu bahsni boshqarish o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.

Bosh hakam Asker Najafaliyev, unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo'ja Shavkatov yordam beradi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov to‘rtinchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting