locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘yin boshqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk tur uchrashuvini boshqaradi. Musobaqa 14-iyun kuni AQSHda start oldi va 13-iyulgacha davom etadi.

Hakamlarimiz 17-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “Fluminense” (Braziliya) – “Borussiya D” (Germaniya) o‘rtasidagi o‘yinda faoliyat olib borishadi. Brigada tarkibida Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin bor. Uchrashuvda to‘rtinchi hakam sifatida BAA vakili Ommar Al-Ali tayinlangan.

Ta’kidlash kerak, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati futbol muxlislari orasida turlicha fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar uni futbol bayrami sifatida qabul qilsa, boshqalar musobaqaning tashkilotchilik darajasi va jamoalarning mavsumdan so‘ng charchagan holatini tanqid qilmoqda. Shuningdek, “Barselona”, “Liverpul” va “Arsenal” kabi yirik jamoalarning qatnashmayotgani ham bahslarga sabab bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting