O‘zbekistonlik hakamlar Indoneziyadagi musobaqaning final bahsini boshqarib borishadi
Photo: UzFHM
O‘zbekistonlik hakamlar Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Prezident kubogi musobaqasida faoliyat olib borayotganlari haqida xabar berilgan edi.
Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi turnirning final bahsini boshqarish uchun tayinlov oldi. Bu haqida O‘zbekiston futbol hakamlari markazining rasmiy sahifasi xabar bermoqda.
Prezident kubogining final uchrashuvida “Port” va “Oksford United” jamoalari o‘zaro bellashadi.
Bosh hakam:
Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar:
Sanjjar Shoyusupov
Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Bahrom Bobonov
Redaktor