locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar 2027-yilgi Osiyo kubogida faoliyat olib boradi

Qit’aning nufuzli musobaqasi 7-yanvardan 5-fevralga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik hakamlar 2027-yilgi Osiyo kubogida faoliyat olib boradi
Foto: Getty Images

2027-yilda Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogida bir qator o‘zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Musobaqada Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida ishlaydi. Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordamchi hakamlar sifatida uchrashuvlarga tayinlanadi. Firdavs Norsafarov esa turnir davomida VAR hakami vazifasini bajaradi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko ham Osiyo kubogiga jalb etilgan. U musobaqa davomida hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2027-yilgi Osiyo kubogiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Qit’aning nufuzli musobaqasi 7-yanvardan 5-fevralga qadar davom etadi. Uchrashuvlar Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting