locale OZ

O'zbekistonlik futbolchi Turkiya chempionatining 32-turi ramziy terma jamoasiga kiritildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekistonlik futbolchi Turkiya chempionatining 32-turi ramziy terma jamoasiga kiritildi
O'zbekistonlik futbolchi Turkiya chempionatining 32-turi ramziy terma jamoasiga kiritildi

Turkiya chempionatining 32-turi uchun ramziy terma jamoa e'lon qilindi. Unga O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, himoyachi Husniddin Alikulov ham kiritildi. Alikulov joriy mavsum Turkiya chempionatida 28 ta o'yinda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda uchta gol urdi, birta golli pas berdi va beshta sariq kartochka oldi.

2023 yildan buyon himoyachi Turkiyaning “Rizespor” klubi sharafini himoya qilmoqda. Jamoa ayni paytda turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. Undan avval Alikulov “Nasaf” jamoasida to'p surgan - 2020 yili O'zbekiston chempionatining kumush medali, 2021 yili O'zbekiston Kubogi sohibi va o'sha yilda OFK Kubogi finalchisi bo'lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting