locale OZ

O‘zbekistonlik dzyudochilar aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor bo‘lishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik dzyudochilar aralash jamoaviy dasturda kumush medallarga sazovor bo‘lishdi
Фото: Olympic.uz

Sofiya shahrida (Bolgariya) dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Bugun aralash jamoaviy dasturda eng kuchlilar aniqlandi.

Saralashda Fransiya, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston jamoalarini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik sportchilar finalda Yaponiya bilan bahs olib borishdi.

Afsuski, ushbu qarama-qarshilik dzyudo vatani vakillarining g‘alabasi bilan yakunlandi va o‘zbekistonlik sportchilar kumush medal bilan taqdirlandilar.

Eslatib o‘tamiz, yakka bahslarda o‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting