locale OZ

O‘zbekistonlik 2 nafar futbolchi Portugaliya klubiga o‘tdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi/
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik 2 nafar futbolchi Portugaliya klubiga o‘tdi
Фото: Braga FC

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning “Braga” klubi futbolchilariga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bu futbolchilar 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida to‘p surgan. Hasanov turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan final uchrashuvida (2:0) gollardan biriga mualliflik qilgan.

Ikkala futbolchi ham joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasida debyut qildi. Sodiqov “Andijon” safida uchta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Hasanov Toshkentning “Bunyodkor” klubi tarkibida 6 ta uchrashuvda qatnashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting