locale OZ

Oʻzbekistonga koʻchib oʻtaman: Qozogʻiston terma jamoasi matbuot kotibi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Qozogʻiston terma jamoasi matbuot kotibi Yermuhammad Maulen Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqanini oʻz ijtimoiy tarmoqlarida izohladi. Shu vaqtda Qozogʻiston Belarus bilan oʻrtoqlik uchrashuvida 0:2 hisobida magʻlub boʻlayotgan edi.

«Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining 31-daqiqasi. Hisob — 0:2. Biz tushunarsiz xatolar qilayapmiz. Stadionda oʻtirib, kulsammikan yoki yigʻlammikan, bilmayman. Ehtimol, kulish kerakdir, chunki yigʻlashdan koʻra yaxshiroq. Chunki menda sizlar uchun yangilik bor: Oʻzbekiston Jahon chempionatiga chiqdi. Tabriklayman, oʻzbek birodarlar! Endilikda taqqoslab koʻring: bizning futbol qayerda, oʻzbekniki — qayerda?

Bir podkastda aytgandim: nima uchun tan olgimiz kelmaydi, oʻzbek futboli bizni ortda qoldirdi? Xulosa chiqaringlar. Biz Belarusdan 0:2 hisobida yutqazyapmiz, oʻzbeklar esa mundialga ketmoqda.

Menimcha, bizning futbolchilarning hech biri gol urgisi kelmayapti. Buni qanday sabr qilish mumkin? Tamom, Oʻzbekistonga koʻchib oʻtaman», — deb yozdi Maulen.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston ushbu oʻyinda 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Oxirgi yillarda Qozogʻiston Yevropada oʻzini koʻrsatishga harakat qilmoqda, ammo natijalar orqaga ketmoqda. Oʻzbekiston esa BAA bilan durang qayd etib, ilk bor Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 10 iyun kuni terma jamoa Toshkentda Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting