O‘zbekistondagi barcha hakamlar \"Macron\" brendi liboslarida maydonga chiqadi
O‘zbekistondagi barcha hakamlar jamoasi "Macron" brendi tomonidan ishlab chiqilgan liboslarda maydonga chiqadi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
"O‘FA hakamlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning professional darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hakamlar uchun Italiya mashhur "Macron" brendi ostidagi yangi ekipirovkalar taqdimoti o‘tkazildi. Mutaxassislar mazkur brendning sifati va qulayliklarini yuqori baholab kelishmoqda. Endilikda mamlakatimizning barcha referilar jamoasi Superliga, Proliga, Birinchi liga, Ayollar Oliy ligasi uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi va mintaqaviy turnirlarda aynan ushbu yangi liboslarda maydonga chiqishadi", — deyiladi xabarda.
