locale OZ

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazdi

12-oktabr kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbonlarga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazdi
photo: UFF

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazdi

Ertaga, 12-oktabr kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbonlarga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Bugun Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoamiz a’zolari Qirg‘iz futbol uyushmasiga qarashli terma jamoalar maskani — KFB sport majmuasida o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot ko‘tarinki kayfiyatda, yuqori ishchanlik va jangovar ruh ostida kechdi. Yigitlarimiz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, o‘zlarini jismonan va ruhan yaxshi his etishmoqda.

Ertangi bahsda yoshlarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting