O‘zbekiston yoshlar jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: ЎФА
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bahslar 12, 15 va 18 noyabr kunlari “Chengdu Sichuan” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlari Osiyo kubogida Koreya Respublikasi bilan bir guruhdan joy olgani sababli, jamoalar o‘rtasidagi o‘yin mashg‘ulot uchrashuvi maqomida o‘tkaziladi.
Vyetnam va Xitoyga qarshi o‘yinlar esa o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist