locale OZ

O‘zbekiston yengib bo‘lmaydigan to‘siq emas: BAA darvozaboni

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillardagi eng muhim o‘yinlardan birini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik futbolchilar Jahon chempionatiga yo‘llanma uchun BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqishni kafolatlash uchun ushbu uchrashuvda mag‘lub bo‘lmasligi kerak. Bellashuv BAAdagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan BAA terma jamoasining 37 yoshli tajribali darvozaboni Ali Hasif o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA futbolchilari O‘zbekistonni mag‘lub etib, Hayit bayrami munosabati bilan yurtdoshlariga g‘alaba tuhfasini taqdim etmoqchi.

— Bizni muhim o‘yin kutib turibdi va biz buni to‘liq anglab yetganmiz. Oldimizda jiddiy sinov turibdi, ammo O‘zbekiston biz uchun yengib bo‘lmas to‘siq emas. Biz albatta muvaffaqiyat qozonishni xohlaymiz, — dedi Ali Hasif.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting