locale OZ

O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga

Soat 15:00 da Qarshining “Nasaf” jamoasi Gulistonning "Sayxun" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga
photo: UFF

O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga

1-turning 3-kungi uchrashuvlari #ANONSI

Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida futzal bo'yicha O‘zbekiston XXX milliy chempionati — Oliy liga 1-tur bahslari davom etmoqda. Turning uchinchi o'yin kuni muxlislar uchta qiziqarli uchrashuvning shohidi bo'lishadi.

Soat 15:00 da Qarshining “Nasaf” jamoasi Gulistonning "Sayxun" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Soat 17:00 da esa Namanganning "Lochin" jamoasi Jizzaxning "BMB PFC" jamoasi bilan o'ynaydi.

Soat 19:00 da esa uchinchi kungi dasturni Samarqand viloyatining "Samarqand" hamda Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoalari o’rtasidagi uchrashuv yakunlab beradi.

Barcha uchrashuvlarni futzal muxlislarimiz O‘FFning rasmiy You Tube kanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri, jonli efirda kuzatib borishlari mumkin.

Shuningdek, @Futsal_Uzbekistan Telegram kanalimizda uchrashuvlar borasidagi barcha tezkor ma’lumotlar matnli translyatsiya shaklida siz aziz muxlislar e`tiboriga yetkazib boriladi.

Eslatma: O'FF tomonidan o'tkazilayotgan barcha musobaqalarga kirish mutlaqo bepul. Sport majmuasiga keling, tomosha qiling va sevimli jamoangizning o'yinidan zavqlaning, qo'llab quvvatlang.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting