O‘zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga 7-tur. 1-kun uchrashuvlari anonsi
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bugun O‘zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga doirasidagi 7-tur uchrashuvlari start oladi. Futzal bahslarini sog‘inib qolgan muxlislar dastlabki kungi o‘yinlarni bevosita sport majmuasida tomosha qilishga oshiqishlari shubhasiz.
Soat 15:00 da Termizning “Surxon” jamoasi Toshkent viloyatining “Maksam Chirchiq” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Soat 17:00 da Buxoroning “Oil Star” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Soat 19:00 da esa birinchi kungi dastur Navoiyning “Qizilqum” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan yakunlanadi.
Barcha uchrashuvlar “Futbol-TV” telekanali orqali (uchinchi o‘yin yozib olingan holda — 8-yanvar kuni soat 10:50 da) hamda O‘FFning rasmiy YouTube kanali orqali jonli, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.