locale OZ

O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari iyun oyida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari iyun oyida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyaga qarshi ikki tayyorgarlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuvlar taqvimi Rossiya futbol ittifoqi (RFI) rasmiy saytida e’lon qilindi.

Belgilanganidek, o‘yinlar 5 va 8 iyun kunlari Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi. RFI ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik yoshlar terma jamoasiga 30 nafar futbolchi jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, ikki mamlakat yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv o‘tgan yil sentabrda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda ilk o‘yin durang bilan yakunlangan, ikkinchi bellashuvda esa rossiyaliklar o‘zbekistonliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting