locale OZ

O‘zbekiston va Ozarbayjon U-20 Jahon chempionati mezbonligi uchun FIFAga qo‘shma ariza topshirdi

2027 yildagi nufuzli musobaqani qabul qilishga ikki mamlakat to‘liq tayyor ekani ta’kidlandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari so‘nggi yillarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan infratuzilma va xalqaro tajribani hisobga olgan holda, mazkur musobaqani yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilib, FIFAga qo‘shma ariza taqdim etdi.

Har ikki mamlakatda stadionlar va sport ob’yektlari xalqaro talablarga mos holga keltirilgan. O‘zbekiston so‘nggi yillarda bir qator yirik musobaqalar — Osiyo chempionatlari (U-20 va U-23) hamda Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan.

Mazkur futzal chempionati FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan “tarixdagi eng yaxshi musobaqalardan biri” sifatida e’tirof etilgani esa mamlakatimizning mezbon sifatidagi salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekiston va Ozarbayjonning hamkorlikdagi tashabbusi U-20 Jahon chempionatini yuqori darajada tashkil etishga jiddiy yondashuvdan dalolat beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting