locale OZ

O'zbekiston va Mo'g'uliston futbol rahbariyati o'rtasida uchrashuv o'tkazildi

Ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston va Mo'g'uliston futbol rahbariyati o'rtasida uchrashuv o'tkazildi
Фото: ЎФА

Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va Moʻgʻuliston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Tsogt-Ochir Anandbazar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida Moʻgʻuliston tomoni Oʻzbekiston futbolida erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etib, mazkur tajribalarni oʻrganish tashabbusini bildirdi, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon sport sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting