locale OZ

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishi mumkin, agarda...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishi mumkin, agarda...
FOTO: UzbekistanFA

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur turnirda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi kecha Tailand ustidan yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Agar vakillarimiz keyingi turda Xitoy ustidan ham zafar quchadigan bo'lsa, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Gap shundaki, Qatar mezbonligida o'tadigan kichik Jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Shulardan Osiyo qit'asiga 9 ta o'rin ajratilgan.

Osiyo chempionatida qatnashayotgan 16 ta jamoa 4 guruhga bo'lingan. Kvartetlarda 1 hamda 2-o'rinni egallagan 8 ta jamoa yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Qatar esa mezbon sifatida ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 va Xitoy U-17 o'rtasidagi bahs 6-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting