O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushdi. “Shenyang Urban” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtdoshlarimiz 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bellashuv boshlanishi bilanoq raqib jamoa faollik ko‘rsatdi va 4-daqiqada Hun Min Ko tomonidan kiritilgan gol uchrashuvdagi yagona hisob bo‘lib qoldi. Birinchi bo‘limda o‘zbekistonlik futbolchilarga imkoniyatlar yaratish nasib etmadi va tanaffusga 0:1 hisobida yo‘l olindi. Ikkinchi taymda murabbiylar bir qator almashtirishlarni amalga oshirishdi: Sadirjonov, Abdurahimov, O‘ktamboyev va Erkinov o‘rniga Qurbonov, Aliev, Marufov va Abdunabiev maydonga tushdi.
76-daqiqada Ravshanbekov o‘rniga Rahmonaliev, 85-daqiqada esa Ravshanov o‘rniga Orifxonov o‘yinga qo‘shildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi o‘rtoqlik turniridagi navbatdagi o‘yinida Koreya Respublikasiga qarshi kechgan bahsda mag‘lub bo‘ldi.