O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari aniq bo‘ldi
Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi.
Фото: ЎФА
Joriy yilning 19 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi.
“C” guruhi:
Vyetnam
O‘zbekiston
Filippin
Quvayt
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2023 yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.