O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Shri-Lankaga qarshi qanday rangli libosda o‘ynashi ma'lum (foto)
Фото: ЎФА
Ertaga O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi "E" guruhining ilk uchrashuvida Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi. Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo‘nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari bo‘yicha tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ertangi bahsda to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 3 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Bishkek shahridagi "Dolen Omurzakov" stadionida start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist