locale OZ

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogini yirik g‘alaba bilan boshladi

Jamoaning navbatdagi o‘yini 10-yanvar kuni Eron termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogini yirik g‘alaba bilan boshladi
Фото: ЎФА

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida start olgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Livan ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab 24-daqiqasida Amirbek Saidov darvozabondan qaytgan to‘pni darvoza to‘riga joylab, hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 50-daqiqada Xayrullayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 57-daqiqada Bahromov jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni aniq nishonga olib, hisobni yiriklashtirdi. 65-daqiqada raqib futbolchisi gol kiritdi. Asosiy vaqtda qo‘shib berilgan daqiqalarda livanliklar hisobni qisqartirishdi. Yakuniy hisob 3:2.

«C» guruhidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ushbu natijalardan so‘ng O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh peshqadamiga aylanib oldi. Jamoaning navbatdagi o‘yini 10-yanvar kuni Eron termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting