locale OZ

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi nazorat o‘yinida Xitoyga imkoniyatni boy berdi

Bahs Xitoyning Dalian shahridagi sport majmuasida yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi nazorat o‘yinida Xitoyga imkoniyatni boy berdi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida Xitoy U-23 jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bahs Xitoyning Dalian shahridagi sport majmuasida yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

Uchrashuvda mezbonlar 28-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida esa Xitoy yana bir gol urib, yakuniy hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ushbu bahs orqali 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdi. Terma jamoa 1-sentyabrdan buyon musobaqaga hozirlik ko‘rib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida “C” guruhidan joy olgan. Jamoamiz 15-sentyabr kuni Filippin, 18-sentyabrda Kuvayt va 22-sentyabrda Vyetnamga qarshi maydonga tushadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting