O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Armanistonga yo‘l oldi
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
5 va 8 sentabr kunlari Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi armanistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Yerevanda bo‘lib o‘tadigan bahs uchun olib ketilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi
Darvozabonlar: Bogdan Odinaev ("Bunyodkor"), Alishan Abdutolipov ("Olimpik Mobiuz").
Himoyachilar: Behruzjon Karimov ("Surxon"), Shorahim Shorahmedov ("Bunyodkor"), Diyor Ermanov ("Paxtakor"), Diyor Tojiev ("Olimpik"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Saddam Ahmadov ("Olimpik"), Abdulvosid Soliyev (OKMK), Samandar Iskandarov ("Chig‘atoy"), Ozodbek Odiljonov ("Andijon FA").
Yarim himoyachilar: Abulfayz Bobomurodov ("Bunyodkor"), Asilbek Abdurasilov ("Bunyodkor"), Ulug‘bek Muratov ("Olimpik Mobiuz"), Fazliddin Omonkeldiev ("So‘g‘diyona"), Azizbek Tulqunbekov ("Bunyodkor"), Behruz Abdusattorov ("Lokomotiv"), Jasurbek Jumaboyev ("Lokomotiv").
Hujumchilar: Quvonchbek Abraev ("Lokomotiv"), Davron To‘laganov ("Paxtakor"), Diyorbek Tojiboyev ("Olimpik Mobiuz"), Inomjon Abdumajidov ("So‘g‘diyona").
