locale OZ

O‘zbekiston U-18 qizlar terma jamoasi Tojikistonga qarshi oq libosda oʻynaydi

Uchrashuv 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da O'FA Milliy futbol markazida bo'lib o'tadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-18 qizlar terma jamoasi Tojikistonga qarshi oq libosda oʻynaydi
photo: Ayollar futboli

23-noyabr kuni Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi CAFA U-18 Ayollar chempionati musobaqasi ilk uchrashuvida Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yoʻnalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing masalalari boʻyicha tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi ilk bahsda toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi ma’lum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da O'FA Milliy futbol markazida bo'lib o'tadi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting