O‘zbekiston U-18 jamoasining navbatdagi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi
Photo: UFA
2007 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 20-31 iyul kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in ikki qismdan iborat bo‘lib, unda terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish hamda yangi futbolchilarni seleksiya qilish ishlari olib boriladi.
Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan yig‘inning birinchi qismiga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

Bahrom Bobonov
Redaktor