O‘zbekiston U-17 terma jamoasi CSKAga qarshi bahs olib boradi
Photo: UFA
FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga, 23 iyul kuni Moskvadagi CSKA U-17 jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
O‘yin Moskvadagi “Oktyabr” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.
Avval terma jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov oilaviy sabablarga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytgandi. Hozircha uning yordamchilari termani boshqaradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist