O‘zbekiston U-16 termasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi
16 oktyabr kuni jamoalar ikkinchi bahsda maydonga tushishadi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.
Bellashuvda 1:3 hisobi qayd etildi va “Quyosh chiqadigan yurt” vakillari g‘alabaga erishdi.
Yagona gol Laziz Abdurahimov tomonidan kiritildi.
O‘zbekiston - Yaponiya 1:3
Gollar: Laziz Abdurahimov (47) — Koke Nagasoe (29), Chimeziekai Ezemuoqwe (73), Kyoja Tatsuno (90)
Boshlang‘ich tarkib: 1. Olim Shomurodov, 2. Mashhurbek Abdusoliyev, 3. Adiz Abdunabiev, 6. Muhammad Mamatov, 7. Farruh Hayitmurodov, 9. Laziz Abdurahimov, 10. Mirkomil Murodov, 13. Mirjamol Anvarov, 14. Orifxonov Muhammadodilxon, 19. Ahrorbek Ravshanbekov, 22. Abubakir Rahimov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist