locale OZ

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi sentabr oyidagi yig‘inni yakunladi

Sentabr oyida 5ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi sentabr oyidagi yig‘inni yakunladi
Фото: ЎФА

Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasining navbatdagi yig‘inlari yakunlandi. Sergey Chigodayev bosh murabbiyligidagi jamoamiz mazkur yig‘in doirasida beshta uchrashuv o‘tkazib, to‘rttasida g‘alaba qozondi va bir marotaba mag‘lubiyatga uchradi.

Yig‘inning dastlabki bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda o‘smirlarimiz 2-liga vakili OKMKni 6:1 hisobida mag‘lub etib, xalqaro safarga yo‘l olishdi.

Keyingi uchrashuvlar Podgoritsa (Chernogoriya) va Budapesht (Vengriya) shaharlarida o‘tkazildi:

Chernogoriya 2:3 O‘zbekiston
Chernogoriya 1:6 O‘zbekiston
Vengriya 3:2 O‘zbekiston
Vengriya 1:2 O‘zbekiston

Umumiy hisobda terma jamoamiz 5 ta uchrashuvda 19 ta gol kiritdi:
Laziz Abdurahimov hamda Rustam Aliyev – 4 tadan;
Suhrob Sadi rjonov – 3 ta;
Farruh Hayitmurodov – 2 ta;
Sog‘inch Marupov, Habib To‘xirov, Sunnat Ibragimov, Odilxon Orifxonov, Ahrorbek Ravshanbekov va Muhammad Mamatov – 1 tadan gol kiritishga erishdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi quyidagicha fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Vengriyaga qarshi ikkinchi uchrashuvda futbolchilarimiz ancha tartibli o‘yin namoyish etishdi. Albatta, ikki xil taym guvohiga aylandik, chunki o‘yin boshida gol o‘tkazib yubordik. Bolalar barchasini nazorat ostiga olishib, g‘alaba qozonishga erishishdi.

Bu kabi raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazish bizga juda katta tajriba bermoqda. Ushbu yig‘inni tashkil etishda ko‘maklashgan barchaga, xususan, OFA rahbariyati, terma jamoalar va xalqaro aloqalar bo‘limiga rahmat aytamiz. Bolalar o‘yindan o‘yinga ochilib, o‘zlariga ishonch his qilib borishmoqda.

Osiyo kubogiga ham oz fursat qoldi. Hozir Toshkentga yo‘l olyapmiz. O‘ylaymanki, bu kabi o‘yinlar orqali musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib boramiz", dedi Sergey Chigodayev.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting