locale OZ

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Rivojlanish kubogida 2-o‘rinni egalladi

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Rivojlanish kubogida 2-o‘rinni egalladi
Фото: ЎФА

Ayder Qurbaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi" musobaqasi doirasida uchinchi bahsni o‘tkazdi.

Yosh futbolchilarimiz Shimoliy Irlandiya jamoasiga qarshi maydonga chiqib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu musobaqada 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoamiz ilk turda Turkiyaga imkoniyatni boy bergan (0:4) bo‘lsa, ikkinchi turda Shimoliy Makedoniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

UEFA "Rivojlanish kubogi", 3-tur
Shimoliy Irlandiya - O‘zbekiston - 2:3
Gollar: Hasan Urolov, Husan Urolov, Behruz Samatov.
Asosiy tarkib: 1. Almaz Ayupov, 2. Hojiakbar Zulfiqorov, 3. Yahyo Nasrulloev, 4. Abubakr Mamatov, 5. Azizillo Erkinjonov (S), 6. Fayz Achilov, 7. Emmanuel Emonkpaire, 8. Abdulaziz Bobirov, 9. Hasan Urolov, 10. Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, 11. Doniyor O‘ktamov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Urolov, Xayrullayev, Aminov, Samatov, Akbaraliev, Shukurov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting