Oʻzbekiston U-16 OKMK yoshlar jamoasini yirik hisobda magʻlub etdi
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 2-liga vakili OKMK jamoasiga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. Uchrashuvda Sergey Chigodayev shogirdlari 6:1 hisobida gʻalabaga erishishdi.
Terma jamoaning gollariga Laziz Abdurahimov, Rustam Aliev, Sogʻinch Marupov, Xabib Toxirov, Farrux Hayitmurodov va Sunnat Ibragimov mualliflik qildi.
Boshlangʻich tarkib: Olim Shomurodov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliyev, Abubakir Rahimov, Jahongirmirzo Oʻktamboyev, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Suhrob Sadirjonov, Ahrorbek Ravshanbekov, Laziz Abdurahimov.
Zaxiradan qoʻshilganlar: Platon Dolskij, Sunnat Ibragimov, Nurmuhammad Fazliddinov, Adis Abdunabiev, Odilxon Orifxonov, Sogʻinch Marupov, Mirkomil Murodov, Farrux Hayitmurodov, Xabib Qayumov, Xabib Toxirov, Rustam Aliev, Denis Juravlev.
Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlarimiz bugun tunda Chernogoriya hamda Vengriyaga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Podgoritsa shahriga joʻnab ketadilar.