locale OZ

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda FIFA festivalida qatnashadi

Musobaqa o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi. Jamoalar 8x8 formatida o‘ynaydi.
O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Ozarbayjonda FIFA festivalida qatnashadi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi oktyabr oyida Ozarbayjonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. 22–31-oktyabr kunlariga mo‘ljallangan Jahon chempionati va FIFA festivalida 191 ta terma jamoa qatnashadi.

Yosh futbolchilarimiz guruh bosqichi doirasida uch kun ichida beshta uchrashuv o‘tkazadi. O‘zbekiston vakillari Gana, Bagama orollari, Qozog‘iston, Guam va Myanma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Terma jamoamiz musobaqadagi yurishini 24-oktyabr kuni Ganaga qarshi bahs bilan boshlaydi. 25-oktyabrda esa futbolchilarimiz bir kunda ikki marta maydonga tushib, Bagama orollari hamda Qozog‘istonga qarshi o‘ynaydi.

Guruh bosqichining 26-oktyabr kungi dasturidan ham O‘zbekiston ishtirokidagi ikkita uchrashuv o‘rin olgan. Dastlab Guam, keyin esa Myanma yoshlariga qarshi bahs o‘tkaziladi.

O‘zbekiston U-15 terma jamoasining o‘yinlari:

24-oktyabr
Gana — O‘zbekiston

25-oktyabr
Bagama orollari — O‘zbekiston
O‘zbekiston — Qozog‘iston

26-oktyabr
O‘zbekiston — Guam
Myanma — O‘zbekiston

Musobaqa o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi. Jamoalar 8x8 formatida o‘ynaydi, uchrashuvlar esa har biri 20 daqiqadan iborat ikki bo‘lim davom etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting