locale OZ

O'zbekiston Turkiya o'smirlari bilan murosa ko'chasini tanladi

Turkiyaning gollaridan biriga Erdo‘g‘an mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Turkiya o'smirlari bilan murosa ko'chasini tanladi
photo: UFA

Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar U-17 jamoasi tez orada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati o'yinlari oldidan Turkiya davlatidan kelgan tengqurlari bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tgan ushbu qarama-qarshilikda jamoalar 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etib, murosa ko'chasini tanlashdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
11 oktyabr, 17:00, «JAR» stadioni
O‘zbekiston - Turkiya - 2:2
Gollar: Hasan Yakub - 18 (0:1), Etmen Mustafa Erdo‘g‘an - 45 (0:2), Amirxon Muradov - 45+3 (1:2), Nurbek Sarsenbayev - 82 (2:2).

O‘zbekiston U-17 - 1.Ibrohim Shokirov (21.Ne’matulloh Rustamjonov, 46), 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo‘minxon Bahodirxonov (22.Xayrulloh Ergashev, 86), 5.Amirxon Muradov (2.Hojiakbar Yusufboyev, 46), 7.Sadriddin Hasanov (17.Jamshidbek Rustamov, 72), 10.Muhammad Habibullayev (20.Asilbek Aliyev, 46), 11.Sayfiddin Sodiqov (16.Azizbek Abdumo‘minov, 72), 13.Abdulmalik Anvarov (6.Miraziz Abdukarimov, 72), 15.Muhammadali Musaxonov (14.Behruz Saidmurodov, 46), 18.Abubakir Shukurullayev (9.Nurbek Sarsenbayev, 72), 19.Azizbek Erimbetov (8.Abdusamad Saidov, 86).
Turkiya U-17 - 1.Chem Efe Erog‘lu, 3.Barish Bash, 4.Bilal Demirag‘, 5.Ata Yanik, 7.Ali Demirbilek, 8.Nechati Og‘ulchan Yanchel, 10.Hasan Yakub Ilchin (s), 11.Huseyin Shen, 16.Eymen Mustafa Erdog‘an, 18.Halil Koch, 19.Yaag‘iz Fikri Shen

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting