locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasiga yana ikki futbolchi chaqirildi

Chaqiruv sabablari ma’lum qilinmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasiga yana ikki futbolchi chaqirildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi ertaga Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Ushbu bahs oldidan “Nasaf” himoyachisi Umarbek Eshmurodov va “Paxtakor” yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboev milliy terma jamoaga chaqirildi. Chaqiruv sabablari ma’lum qilinmagan.

Har ikkala futbolchi ham mashg‘ulotlarga qo‘shilgan va Quvaytga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Quvayt bahsi 9 oktyabr kuni "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs 18:00da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting