O‘zbekiston terma jamoasi yulduzi Yevropa klubiga medal olib keldi
CSKA jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premyer-Ligasining oxirgi turida “Nijniy Novgorod”ga qarshi o‘yinda assist qayd etib, Sofascore tahlil platformasidan yuqori bahoga sazovor bo‘ldi — 7,1.
2024/25 yilgi mavsumning so‘nggi turida Moskva CSKAsi “Nijniy Novgorod” ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning hal qiluvchi vaziyatlaridan biri 90-daqiqada yuz berdi — 21 yoshli o‘zbek futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Artyom Shumanskiyga aniq uzatma berib, o‘yindagi ikkinchi golga mualliflik qildi.
Fayzullayev 76-daqiqada Mario Gayich o‘rniga maydonga tushdi va darhol jamoaning hujumkor o‘yinini faollashtirdi. Uning maydondagi faolligi, to‘p bilan ishonchli harakatlari va tezkor qarorlari muxlislar hamda mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Sofascore platformasi Fayzullayevning bu o‘yindagi harakatlarini 7,1 ball bilan baholadi — bu zaxiradan maydonga tushgan futbolchi uchun yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ta’kidlash joiz, Fayzullayev bu joriy mavsumda CSKA safida bir necha bor samarali o‘yin namoyish etib, jamoa o‘yiniga ta’sirini tobora oshirmoqda.