O‘zbekiston terma jamoasi vakili Malayziyadagi xalqaro musobaqada startga tayyor
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI1* va CSIJ-B toifalaridagi xalqaro musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Davronbekov Firdavsbek musobaqada Grey Gatsby laqabli ot bilan ishtirok etadi.
Shuningdek, start tartibi ham aniqlandi. Unga ko‘ra, Firdavsbek 25-iyul kungi bahslarda 15-start raqami ostida, 26-iyul kungi bellashuvlarda esa 4-start raqami ostida maydonga chiqadi.
Mazkur musobaqada 13 ta davlatdan 17 nafar chavandoz ishtirok etmoqda. Ular 🇰🇭 Kambodja, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Indoneziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Filippin, Singapur, Tailand, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Ummon sharafini himoya qilmoqda.
Sportchimizga musobaqada omad, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz!