O'zbekiston terma jamoasi va Manchester Siti himoyachisi Abduqodir Husanov Liverpulga o'tishi mumkin
O'zbekiston terma jamoasi va Manchester Siti himoyachisi Abduqodir Husanov Liverpulga o'tishi mumkin.
Gap shundayki, mersisaydliklarning fransiyalik sobiq futbolchisi Mamadu Sako Sky Sports telekanalidagi chiqishida «Liverpul» anchadan buyon Abduqodir Husanovni kuzatayotgani va uni yuqori baholashini ma’lum qildi.
Ma'lumotlarga qaraganda shaharliklar o'zbek futbolchisi uchun 47 million yevrogacha bo'lgan mablag'ni to'lashga tayyor.
Avvalroq, «Liverpul» Ibraima Konate bilan xayrlashishi mumkinligi xabar berilgandi. Shuningdek, klub rahbariyati 34 yoshli yana bir markaziy himoyachi Virjil van Deykga o‘rinbosar izlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ayni paytda Husanov transfermarkt talqiniga ko‘ra 35 million yevro narxga baholangan.