O‘zbekiston terma jamoasi sentabrda maydonga tushadi, Qozog‘iston bilan o‘yin ehtimoli saqlanib qolmoqda
Timur Kapadze terma jamoaning rejalari haqida gapirdi, Argentina va Urugvay bilan muzokaralarni tasdiqladi va Qozog‘iston bilan o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Faqat sentabr uchun ma’lumot bor. Qolgan oylar – oktyabr va noyabr uchun hozircha aniq tasdiq yo‘q. Qachon e’lon qilishsa, bilib olamiz», — dedi Kapadze.
Argentina va Urugvay bilan o‘yinlar haqida
Kapadzening ta’kidlashicha, gap-so‘zlar rostga yaqin:
«Xitoy ushbu terma jamoalarni va bizlarni musobaqaga taklif qilgan. Ular keladimi-yo‘qmi — vaqt ko‘rsatadi».
Qozog‘iston bilan o‘yin bo‘ladimi?
Qozog‘iston OAVda tarqalgan xabarlarga izoh bergan murabbiy bunday dedi:
«Bu o‘yin, ehtimol, ular rejasida bor. Menda hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Agar futbol assotsiatsiyasi ma’lumot bersa, qarorni birgalikda qabul qilamiz».
O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta o‘z tarixida Jahon chempionati – 2026 musobaqasiga yo‘llanma oldi. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.